

"Ayaks"ga qaytishni xohlardim. U yerda ajoyib paytlar bo'lgan. Bu men o'zimni uydagidek his qiladigan joy. Agar qaytish menga bog'liq bo'lsa, albatta bu sodir bo'ladi", - deydi Ziesh.
28 yoshli Ziesh "Ayaks" tarkibida 2016-2020 yillarda o'ynagan.
Futbolchi joriy mavsum APL doirasidagi 8ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



