Zidan "Yuventus"ga qaytishni istisno etmadi

Alisher
7 apr 2021, 13:52
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan murabbiy sifatida "Yuventus"ga qaytishini istisno etmadi.

U o'yinchi sifatida 5 yil Turin klubi safida to'p tepgan.

"Italiya doim mening yuragimda. "Yuventus" oldin ham, bundan keyin ham men uchun muhimligicha qoladi. Italiyada meni ko'rasizlarmi? Bilmadim. Hali men shu yerdaman va "Real" ustoziman, keyin ko'ramiz", - deydi mutaxassis.

Oldinroq "Yuventus" Zidanni jamoani boshqarish uchun nomzod sifatida ko'rayotgani aytilgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttomercatoweb