Zidan: "Yaqin orada Pogba "Oltin to'p"ga davogar bo'ladi va men uni "Real"da ko'rishni istardim"

14 yanv 2014, 23:00
"Real" yordamchi murabbiyi Zinedin Zidan vatandoshi Pol Pogbaning mahoratiga yuqori baho berdi va uni yaqin orada "Oltin to'p" uchun nomzodlardan biri bo'ladi, deb aytib o'tdi.

"Fikrimcha bir necha yildan keyin Pogba "Oltin to'p"ga davogar bo'ladi. Bu esa individual mukofotlar orasida eng obro'lisidir. Uning transferiga to'xtaladigan bo'lsam, bunday futbolchini istalgan klub o'z tarkibida ko'rishni istaydi. Biz ham istisno emasmiz", - deya Zidandan iqtibos keltirmoqda AS..


Manba: football.kulichki.ru