

"Futbolchilarim o'z kuchlariga doim ishonishadi. Bu o'yinda bizga qiyin bo'ldi. Qiynaldik ammo g'alabaga erishdik. "Real" xarakter ko'rsatdi va haqli g'alabani qo'lga kiritdi.
Serxio Ramos - o'zgacha futbolchi. U jamoa sardori. Uning so'nggi soniyaga qadar barchasini o'zgartirishga ishonchi hech qachon yo'qolmaydi. Serxio shunchaki g'aroyib", - deydi Zidan Goal.com nashriga.



