Zidan Seltaga qarshi o'yindan so'ng nimalar dedi?

Narzulla Saydullayev
8 yanv 2018, 09:21
Real ustozi Zinedin Zidan Ispaniya chempionati doirasidagi Seltaga qarshi o'yindan so'ng (2:2) o'z fikrlarini bildirdi.

Bizga nima yetishmadi? Ikkinchi taym va 90 daqiqa davomida yaxshi o'yin. Birinchi 45 daqiqalikni ajoyib o'tkazdik, ikkinchisi haqida bunday deya olmayman. Bo'lib o'tgan holatni yaxshilab tahlil qilish lozim.

Selta pressing qildi, biz esa etarli darajada o'ynay olmadik. Golli vaziyatlarda ishonchliroq o'ynashimiz lozim.

Bo'lib o'tgan narsaga izoh topa olmayaman. Vaziyatni o'nglab o'zimizga kelishimizga ishonaman.

Peres yigitlarni ruhlantirish uchun kiyim almashtirish xonasiga kirdi, – deydi Zidan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football-espana.net