Zidan: "Ronaldu 100% tayyor"

Aslanov Jasurbek
22 dek 2017, 18:45
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan LaLiganing 17-tur uchrashuvidan oldin hujumchi Krishtianu Ronaldu qanchalik tayyorligini aytib berdi.

"Hozircha chempion nomi aniq bo'lmadi. Nima bo'lishidan qatiy nazar, biz kurashamiz. Mavsum uzoq, "Barselona"ga qarshi bahs esa - navbatdagi o'yin.

Ronalduga to'xtaladigan bo'lsak, u 100% tayyor. Biz yaxshi formadamiz. Biz chempionatda yetakchilik qilayotgan kuchli jamoaga qarshi o'ynaymiz. O'rtada muhim uch ochko turibdi" - deydi Zidan.

"Real" - "Barselona" uchrashuvi 23 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS