

Fransiyalik mutaxassisning fikricha, portugaliyalik futbolchi jamoaga yordam berishi mumkin.
"Pepe - "Real" uchun muhim futbolchi. U 10 yildan beri "Real"da o'ynaydi va klub tarixiga kirdi. U "Real"da qolishini istayman. Meni faqat u jamoaga qanday yordam berishi qiziqtiradi. Qolgani bilan qiziqmayman" - deydi Zidan.
33 yoshli Pepega Xitoy klublari juda yaxshi taklif berishgan va portugaliyalik yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. Uning ispan grandi bilan kelishuvi 2017 yilning yozida yakuniga etadi.



