Zidan MYUga o'tadigan bo'lsa, "Real"ning uch futbolchisining transferini talab qiladi

Mirjalol Normatov
29 avg 2018, 22:40
"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Manchester Yunayted"da ish boshlashi kutilmoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, shunday bo'lgan taqdirda 46 yoshli mutaxassis mankunianliklar rahbariyatidan "Real"ning uch futbolchisi olib kelinishini talab qiladi. Aytilishicha, Rafael Varan, Toni Kroos va Karim Benzema "Manchester"ga o'tishi mumkin. Zidan bu borada barchasini o'ylab qo'ygan.

Hozirda MYU rahbariyati Joze Mourinyoning iste'fosini ko'rib chiqmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun