Zidan: "Isko "Real" bilan shartnoma uzaytirishga munosib"

Aslanov Jasurbek
9 avg 2017, 16:41
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan UEFA Superkubogi uchun "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan (2:1) so'ng, Isko shartnoma uzaytirishga munosibligi haqidagi savolga javob berdi.

"Ha,ha, u shartnoma uzaytirishga arziydi. O'sha urgan goli, takrorlanmas o'yin uslubi tufayli. Isko o'sishda davom etmoqda" - deydi Zidan.

Oldinroq, Isko tez orada "Real" bilan shartnomasini uzaytirishi haqida e'lon qilgan edi. 25 yoshli yarim himoyachining shartnomasi 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS