Zidan: "Hakamlarning ishini baholamayman, "Real" bundan-da yaxshiroq bo'la oladi"

Mirjalol Normatov
27 sen 2020, 10:50
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan LaLiga 3-turi doirasida "Betis"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bundan-da yaxshiroq bo'la olamiz. O'yinni yaxshi boshladik, gol urib olgandan keyin esa ortga chekindik. Odatda hisobda oldinda borayotgan paytimiz barcha futbolchilar katta mas'uliyat his qilmoqda.

Raqiblar esa tezda ikki gol urib oldi. Biz ikkinchi bo'limda yaxshi harakat qildik. Muhimi futbolchilar g'alabaga ishonishdi. Mag'lub bo'layotgan paytingda o'yin tizginini ushlab turish qiyin bo'ladi. Bizda juda ko'p vaziyatlar bo'ldi. Faqatgina 3ta gol urdik. Futbolchilarim bilan fahrlanaman. Shunday tempda davom etish kerak.

Hakamlikka hakamlar javob beradi. Savolni ularga berish kerak. Men hech qachon hakamlarning ishini baholamayman. Bor e'tiborimiz raqibga qaratilgandi. Og'ir bo'ldi, biroq qo'lga kiritilgan ochkolardan xursandmiz.

Kurtua hal qiluvchi paytlarda o'zining seyvlari bilan jonimizga oro kirdi. Bu birinchisi emas. Uning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz va bugungi xatti-harakatlaridan mamnunman.

Qo'l ostimdagi tarkibdan qoniqyapman. Yaxshi mavsum o'tkazishga harakat qilamiz", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal