Zidan: "Gol urishdan ko'ra, xavfli vaziyat yaratishni yoqtirardim"
Aslanov Jasurbek
11 noya 2014, 10:33
"Real" sobiq yarim himoyachisi Zinedin Zidan futbolchilik kezlari boshqalardan farqli o'laroq, voqealar rivojini oldindan bilar ekan.
"Men o'z ustimda ko'p ishlardim, ammo eng asosiysi boshimda edi. Men voqealarni boshqa futbolchilardan avvalroq sezar edim. Kaminaning ustun tarafi so'nggi pas edi. Gol urishdan ko'ra, xavfli vaziyat yaratishni yoqtirardim" - deydi Zidan.