

Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Braziliya termasi boshqaruviga kelishi mumkin.
"OK Diario" xabariga ko'ra, Braziliya futbol federatsiyasi "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardioladan umidvor. Agar ispaniyalik mutaxassis taklifni rad qilsa, mas'ullar Zidan variantiga murojaat qilishadi.
Eslatib o'tamiz, 61 yoshli Tite "selesao" JCH chorak finalida Xorvatiyaga yutqazgach Braziliya murabbiyligidan ketgan edi.



