

Fransiyalik mutaxassis bu haqda "Sevilya"ga qarshi kechgan UEFA Superkubogi uchrashuvidan (3:2) so'ng aytdi. Asensio bu bahsda o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi.
"Asensio "Real"da qoladi. U maydonga tushganida, yaxshi o'ynaydi. Asensioning bugungi harakatlaridan mamnunman. Agar yangi futbolchi xarid qila olmasak, buni amalga oshirmaymiz. Bizda ajoyib jamoa bor", - deydi Zidan.



