Juzeppe Rossi: "Hozir "Yuventus"ni mag'lub etish haqida o'ylayapman"

Tolibjon Qosimov
17 okt 2013, 15:12
"Fiorentina" hujumchisi Juzeppe Rossi Italiya A seriyasining 8-turidan o'rin olgan "Yuventus"ga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"Biz "Kalyari" va "Parma"ga qarshi alamli o'yinlardan so'ng maydonga tushamiz. Uch ochko olishimiz shart.

Ayni paytda "Yuventus" darvozasiga gol urishni o'ylayapman, men kelajak bilan emas, hozirgi davr bilan yashayman. Marakana, Jahon chempionati yoki Chempionlar ligasi haqida so'ramanglar.

Hozir men "Yuventus"ni mag'lub etmoqchiman. Umid qilamanki, biz chempionatda ularni mag'lub etamiz, Turin klubi esa Chempionlar ligasida "Real"ni taslim qilishadi.

Shunda barchaga yaxshi bo'ladi", – deydi Rossi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru