Julio Sezar Kalyari bilan kelishib oldi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2014, 08:56
Kuinz Park Reyndjers posboni Julio Sezar Kalyariga o'tishga yaqin.
34 yoshli braziliyalik darvozabon Italiya klubi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda  Sky Italia.

Bu o'tish Kalyari o'z darvozaboni Mikael Agaccini sotganidan so'ng amalga oshadi.

KPR ustozi Xarri Rednapp Julio Sezarni boshqa klubga qo'yib yuborishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

Bu mavsum darvozabon KPR safida bironta o'yinda maydonga tushgani yo'q.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru