Julio Sezar: "Boshqa klublardan taklif olmadim"

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2014, 13:58
"KPR" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Julio Sezar boshqa klublaridan taklif olmaganini aytib o'tdi.
– "Kalyari" yaxshi variant bo'lishi mumkin. Ammo hozir boshqa klublardan taklif olmadim. Istalgan variantni ko'rib chiqishga tayyorman. Asosiysi – o'yin amaliyoti kerak, – deydi darvozabon "Globo Esporte" nashriga.

Oldinroq, Julio Sezar "Kalyari" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani haqida xabarlar chiqqandi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net