Joze Mourinyo: Agarda vaqtni orqaga qaytarsak, men yana "Real"ga o'tgan bo'lardim

20 sen 2014, 02:33
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo yana "Real"ga o'tishga qarshilik qilmasligini bildirdi.
Agarda vaqtni orqaga qaytarsak, yana "Real"ga o'tishga rozilik berardim. Bu aniq. Bu men uchun katta tajriba maktabi bo'ldi. Men "Real"ning taklifini ortiqcha o'ylab o'tirmasdan qabul qilgan bo'lardim. Men "Real"dan ketayotganimda barcha bilan iliq munosabatni saqlagan holda tark etdim. "Real" prezidenti bilan juda yaxshi do'stoni munosabatdamiz.
"Chelsi"da men baxtliman. Mashg'ulotlarga yaxshi kayfiyat bilan tashrif buyuraman. Men eski narsalar haqida gapiradigan odam emasman. Hozir men birinchi marta o'zimning keyingi faoliyatim haqida o'ylamayapman. Avvallari har doim kelajak aqida bosh qotirardim. Bu yerda ishlash menga yoqadi. Oilamga ham manzur bo'lmoqda. Men "Chelsi"ga qaytishimga asosiy sabab bu jamoaning boshqa loyihasi bor.

Manba: sports.ru