
“Agar Kabay haqatdan ham “Arsenal”ga kerak bo'lganida edi, ular alla qachon futbolchini sotib olgan bo'lishardi. Fikrimcha klubda pala-partishlik yuzaga kelayapti. Venger Kabayning o'yiniga shunchalik qoyil qolgan ekan, nega bo'lmasa uni 2 oy oldin sotib olmadi? U nimani kutdi?
Hozir barcha 2 yil oldingi voqeani esga olsa kerak. O'shanda “Arsenal” transfer oynasining oxirida Arteta, Mertesaker va Santosni sotib olgan edi. Biroq oxir oqibad Santos “Arsenal” uchun omadsiz bo'lib chiqdi, Mertesaker esa menga unchalik yoqmaydi. Bu 3 futbolchi orasida faqatgina Arteta o'zini bir muncha ko'rsata oldi.
Agar transferni mavsum so'ngida qiladigan bo'lsangiz, o'zingiz kutgan natijaga erisha olmaysiz”, - deya ta'kidladi Karrager.
Eslatib o'tamiz, “Nyukasl” klubi “Arsenal”ning Kabay uchun qilgan 10 mln funtlik taklifini rad etgan edi.