
Jahon chempionatining dastlabki qur'a marosimi 25 iyulda Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi. Bu marosimda Natalya Vodyanova va Dmitriy Shepelyov boshlovchilik qiladi.
Birinchi bo'lim qitalararo pley-off o'yinlariga qur'a tashlanadi. Bu qur'ada qaysi qita (Osiyo, Okeaniya, Janubiy Amerika, Shimoliy va Markaziy Amerika, Karib havzasi, KONKAKAF) bir-biriga qarshi o'ynashi ma'lum bo'ladi.
Shundan so'ng quyidagi tartibda qur'a bo'lib o'tadi: Afrika, Yevropa, Shimoliy va Markaziy Amerika, Okeaniya, Janubiy Amerika (Osiyo qitasi qur'asi bo'lib o'tgan).