JCH 2014ning rasmiy to'pini ham "Adidas" tayyorlaydi

Narzulla Saydullayev
27 noya 2013, 15:15
FIFA hamda "Adidas" o'tgan asrning 70 yillaridan buyon davom etib kelayotgan o'zaro hamkorlikni uzaytirishga qaror qilishgani haqida xabar berib o'tgan edik.
Kelishuvga binoan "Adidas" 2030 yilga qadar FIFA ning rasmiy homiysi sifatida faoliyat ko'rsatadi.

Sport maxsulotlari ishlab chiqaruvchi ushbu mashxur marka ko'p yillardan buyon FIFA bilan hamkorlik qilib keladi. Shartnomaning yana 17 yilga uzaytirilishi ham o'rtadagi ishonchning mustahkam ekanidan dalolat berib turibdi. "Adidas" bir necha yildan beri futbol maxsulotlari tayyorlashda yetakchilikni hech kimga bermay kelmoqda. "Nayk" hamda "Puma"dek raqobatchilarini ortda qoldirishni uddalayotgan adidaschilar kelasi yil bo'lib o'tadigan Jahon Chempionati 2014 ning rasmiy to'pini ishlab chiqarish huquqiga ham ega bo'ldilar. Kafusa deb nom olgan ushbu to'pni tayyorlash "Adidas"ga topshirlishi bejiz emasdek, nazarimizda. Zero, bundan avvalgi bir nechta JCH uchun ham maxsus to'plarni aynan Adidas tayyorlab bergan edi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fussball.de