JCH-2013. Yana ikkita Osiyo vakili chorak finalda!

Narzulla Saydullayev
4 iyul 2013
Turkiyadagi yoshlar o'rtasida bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatida 1/8 final o'yinlari yakuniga etdi.

Ushbu bosqichning so'nggi ikki o'yinida Osiyo qitasi vakillari raqiblarini engib chorak finalga chiqishdi.

Janubiy Koreya penaltilar seriyasida Kolumbiyani taslim qilgan bo'lsa, Iroq esa Paragvay ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi.

Endi chorak finalda o'tgan yilgi Osiyo chempionati finalchilari Iroq va Janubiy Koreya yana to'qnash kelishadi.

Iroq U-20 – Paragvay U-20 1:0 (0:0, 0:0, 1:0) 
3 iyul, Oqdeniz Universitesi 
Gol:
1:0 – 95 Shukor. 
Iroq U-20 – Xamid, Rubat, Attiyya, Adnan, Nadim, Kamil (Xantosh, 109), Saif, Tariq, Abdul-Xussayn (Durgam, 46), Shukan (Shukor, 60), Muhannad. 
Paragvay U-20 – Morel, Balbuena (Montenegro, 59), Alonso, Paredes, Peres, Piris (Dominges, 96), Ramires, Almiron (Ximenes, 74), Mareko, Gonsales, Sanabriya.
Ogohlantirishlar: Sanabriya (70), Alonso (85), Shukor (95), Paredes (100), Muhannad (115).
Chetlatish: Sanabriya (80).

Kolumbiya U-20 – Janubiy Koreya U-20 1:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0), penaltilar seriyasi - 7:8 
3 iyul, Xussayn Avni Aker 
Gollar:
0:1 – 16 Son Chju Xun, 1:1 – 90 Kintero. 
Kolumbiya U-20 – Bonilya, Korrea, Balanta, Vergara, Agilyar, Kintero, Leudo (Mena, 59), Palomeke (Borxa, 71), Peres, Kordoba, Moxika (Perea, 82).
Yujnaya Koreya U-20 – Li Chxan Gin, Son Chju Xun, Vu Chju Sun, En Chje Min, Kim Sun Vu, Xan Sun Gyu, Kvon Chxan Xun (Li Gvan Xun, 82), Shim San Min, Kan San Vu, Kim En Xvan, Kim Xen (Chjo Suk Chja, 75). 
Ogohlantirishlar: Vergara (23), Kim En Xvan (56), Li Chxan Gin (70).


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: