Jahon chempionatlarida 80 yildan buyon uchramagan holat kuzatildi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2014, 09:47
Belgiya terma jamoasi 1/8 final doirasidagi AQSHga qarshi o'yinda (2:1) qo'shimcha bo'limda g'olib chiqdi.
Shunday qilib, ushbu bosqichning beshta o'yinida g'olib qo'shimcha vaqt yoki penaltilar seriyasida aniqlandi.

Oldinroq Argentina Shveytsariyani (1:0), Germaniya Jazoirni (2:1) qo'shimcha vaqtlarda, Braziliya Chilini, Kosta-Rika Gretsiyani penaltilar seriyasida mag'lub etgandi.

So'nggi bor bunday holat JCH-1934da kuzatilgan ekan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru