"Zenit", "Rubin" va "Rostov" sobiq yarim himoyachisi "Bunyodkor"da ko'rikdan o'tadi

Alisher
22 iyul 2022, 18:07
"Bunyodkor" yig'iniga legioner futbolchi kelib qo'shildi.

"Kecha yig'inda yana bir futbolchi mashg'ulotlarni boshladi. Faoliyatining aksar qismini Rossiya Premer ligasida o'tkazgan Pavel Mogilevec Minsk yig'inida ko'rikdan o'tadi. Agar uning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, shartnoma tuzish bo'yicha muzokaralar olib boriladi.


MA'LUMOT UCHUN

PAVEL MOGILEVEC

Tug'ilgan sanasi: 25.01.1993 yil

Tug'ilgan joyi: Rossiya

Ampluasi: yarim himoyachi

Bo'yi: 183 sm. Vazni: 70 kg


FAOLIYATI

2012-2014 yillar Zenit

2014-2015 yillar Rubin

2015-2016 yillar Rostov

2016-2017 yillar Zenit

2017-2018 yillar Rostov

2018-2020 yillar Rubin

2020-2021 yillar Ximki

2021-2022 yillar Nijniy Novgorod


Rossiya milliy terma jamoasi safida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Rossiya U-21 terma jamoasi safida 14 marta harakat qilgan", - deyiladi klub xabarida.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: "Бунёдкор" матбуот хизмати