“Zenit” Pochettinoga yiliga 6,5 mln evro maosh to'lamoqchi

Eldor Akmurzayev
26 okt 2020, 19:50
“Tottenxem” sobiq ustozi Maurisio Pochettino faoliyatini RPLda davom ettirishi mumkin.

Rossiyaning amaldagi chempioni “Zenit” argentinalik mutaxassisga yiliga 6,5 mln evro (+bonuslar) maosh to'lamoqchi.

Bundan tashqari, Sergey Semak iste'foga chiqarilgan taqdirda “Zenit” jamoa murabbiyligi kursisini rossiyalik mutaxassisga topshirishni o'ylamayapti.

Eslatib o'tamiz, Pochettino 2019 yilning noyabrida “shporlar”ni tark etgandi. Bungacha esa u “Sautgempton” va “Espanol”ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.com