Zenit Odil Ahmedov uchun 10 million evro bermoqchi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2013, 09:03
Rossiya matbuotining xabariga ko'ra Anji yarim himoyachisi Odil Ahmedov qishki transfer oynasi vaqtida Sankt-Peterburgning Zenit klubi safiga ko'chib o'tishi mumkin ekan.
- Luchano Spalletti o'zbekistonlik futbolchini Konstantin Ziryanovni o'rniga sotib olmoqchi. Tomonlar dastlabki muzokaralarni o'tkazib bo'lishdi va qishda Ahmedov Peterburgga ko'chib o'tishi mumkin. Transfer taxminan 10 million evroga baholanmoqda, - deb xabar bermoqda Izvestiya nashri.

Eslatib o'tamiz, o'zbekistonlik futbolchi 2011 yil Paxtakordan Anjiga o'tgandi. Shu kunga qadar Ahmedov Anji safida 65ta o'yin o'tkazib 3ta gol urdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sovsport.ru