Zeedorf: "Liverpul - juda ham zerikarli shahar, aynan Van Deyk uchun"

Alisher
30 apr 2022, 12:49
Niderlandiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Klarens Zeedorf Liverpul maksimal tarzda himoyachi Virjil van Deykka mos kelishini aytdi.

"Liverpul - juda ham zerikarli shahar. Van Deyk asosan sovrinlar yutishga e'tiborini qaratgan. Liverpul bu uchun juda ham mos keladi.

U ko'rsatayotgan xotirjamlik Klopp jamoasiga katta ishonch bag'ishlaydi.

Ko'pchilik uning jismoniy kuchi va tezligi haqida gapiradi, ammo Van Deykning eng xavfli vaziyatlarni bartaraf etish usuli uning o'yinni tushunishi, shuningdek tezda eng yaxshi qarorni tanlashi bilan bog'liq", - deydi Zeedorf.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: teamtalk.com