Zaynutdinov "Rostov"da qoladi

"Sport-Ekspress" nashri xabariga ko'ra, "Rostov" klubi mutasaddilari Baxtiyor Zaynutdinov bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlab yuborgan.

Qozoqistonlik futbolchining amaldagi shartnomasi joriy yilning dekabr oyida nihoyasiga etadi. Ikkala tomon ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor bo'lgani bois uzoq muddatli bitim imzolanishi kutilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, 22 yoshli Baxtiyor "Rostov" safiga 2019 yilning yanvar oyida qo'shilgandi.


Manba: Спорт-Экспресс