Zappakosta "Chelsi"ga qaytadi

Alisher
5 avg 2020
"Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta tez orada Londonga qaytadi.

Futbolchining "Roma"dagi ijarasi yakunlandi. Rimliklar hatto uni sotib olishga harakat ham qilishmadi.

Futbolchi butun mavsum davomida "Roma" safida atigi 9ta o'yinda maydonga tushdi va bitta assist qayd etdi.

Zappakosta Londonga kelishi bilan klub rahbariyati bilan o'zining kelajagini muhokama qiladi. "Chelsi" esa o'yinchiga ishonch bildirmasligi mumkin. Shu bilan birga, futbolchining "ko'klar" bilan yana 2 yillik shartnomasi bor.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia