Zanolo Angliya klubi taklifini rad etdi

Sherzod Nurmatov
28 yanv 2023, 13:27
"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo "Bornmut"ga o'tishdan bosh tortdi, deb xabar berdi "Football Italia".

Aynan "giloslar" "Roma" talab qilayotgan shartlarni (taxminan 35 million evro) taklif qilishga tayyor bo'lgan yagona ehtimoliy xaridor edi, biroq futbolchining agenti taklifni tinglab, muzokaralarni davom ettirmaslikka qaror qildi.

Oldinroq "Milan" bu kelishuvdan bosh tortgan, "Tottenxem" esa "Roma"ning moliyaviy talablarini qondira olmayotgandi. 23 yoshli futbolchi tezda ketish istagida bo'lishiga qaramay, mavsum oxirigacha Rim klubida qolishi kutilmoqda.

Zanolo 2022/23 yilgi mavsum "Roma" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football Italia