Zammer sobiq jamoasiga qaytdi

Mirjalol Normatov
31 mar 2018, 16:55
Sobiq futbolchi va murabbiy Mattias Zammer Dortmundning "Borussiya"si safiga qaytdi.

50 yoshli mutaxassis jamoada maslahatchi bo'lib ishlaydi.

"Bizga raqibni o'rganish, tahlil qilishda Zammer juda ham kerak", - dedi "Borussiya" bosh direktori Xans-Yoaxim Vatcke.

Eslatib o'tamiz, Zammer 2012 yildan 2016 yilga qadar "Bavariya"da sport direktori sifatida ishladi.

2000-2004 yillarda esa "Borussiya"ni boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild