"Yuventus"ning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomi ma'lum

Mirjalol Normatov
19 apr 2019, 20:27
Mart oyi yakunlariga ko'ra, Krishtianu Ronaldu "Yuventus"da oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Klub rasmiy saytida o'tkazilgan so'rovnomalar yakuniga ko'ra, Krishtianu Ronaldu eng ko'p ovoz to'pladi.

Mart oyida portugaliyalik YCHL doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etishga erishdi.

Bu mavsumda 34 yoshli Ronaldu "Yuve" tarkibida 38 o'yinda 26 gol urdi va 12 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: juventusfc.com