"Yuventus"ning ikki futbolchisi Italiya Superkubogi uchun o'yinda ishtirok etmasligi mumkin

Narzulla Saydullayev
9 avg 2017, 10:02
Xuan Kuadrado Italiya Superkubogi doirasidagi "Lacio"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.

Kolumbiyalik futbolchi mashg'ulotni oxiriga etkaza olmadi. Uni o'ng oyog'idagi jarohat bezovta qilmoqda.

Marko Pyaca ham kecha jamoadan alohida tarzda mashg'ulot o'tkazdi. Superkubok o'yini 13 avgust kuni Rimda bo'lib o'tadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia