“Yuventus”ga yangi hujumchi kerakmi? Pirloning o'zi javob berdi

Eldor Akmurzayev
24 yanv 2021, 21:50
Avvalroq, turinliklar oldingi chiziqni kuchaytirish uchun bir qator forvardlarning nomzodini ko'rib chiqayotgani aytilgandi.

A Seriya doirasida o'tgan “Bolonya” (2:0) bilan uchrashuvdan so'ng, klub ustozi Andrea Pirlo mazkur xabarlarga o'z munosabatini bildirdi.

“Bizga hujumchi kerak emas. Vaziyatni o'rganmoqdamiz, ammo yangi forvardni safimiz qo'shib olish bosh maqsadimiz emas.

Dibala kuchayib borishga harakat qilmoqda. Unda tizzasi bilan bog'liq muammolar bor. Holatni har kuni kuzatib bormoqdamiz.

Jadvaldagi o'ringa kelsak, biz faqatgina o'z o'yinimizga e'tibor qaratishimiz lozim. Barchasi o'zimizga bog'liq. “Milan” va “Inter” titulni xohlamoqda, xuddi shu kabi “Roma” va “Napoli” ham. Demak, kurash oxirigacha davom etadi”, deydi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia