“Yuventus”ga Sancho kerak

24 sen 2019, 09:40
Turin klubi Jeydonni sotib olishga jiddiy bel bog'ladi.

“Borussiya D” vingeri Jeydon Sancho faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. “Yuventus” Sancho uchun Dortmund klubiga 150 mln evro to'lashga tayyorligi aytilmoqda. “Borussiya D” esa Sanchoni kamida 2020 yil yoziga qadar o'z safiga olib qolishni istamoqda.

Eslatib o'tamiz, yozgi transferlar vaqtida MYU Sanchoni sotib olishga uringan, biroq futbolchining o'zi buni xohlamagan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia