"Yuventus" Verratti uchun 80 mln. evro sarflashga tayyor

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2017, 14:16
"Yuventus" yozda PSJ bilan Marko Verratti borasida muzokara o'tkazmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 24 yoshli futbolchi uchun Turin klubi 80 mln. evro sarflashga tayyor.

Oldinroq "Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti PSJ yarim himoyachisi Marko Verrattini o'z jamoasida ko'rmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.

Verratti bu mavsum Liga 1da 14ta o'yin o'tkazdi, ularda ikkita gol urdi va bitta golli pas oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport