"Yuventus" Tevesga yangi shartnoma taklif qilishga tayyor
Aslanov Jasurbek
29 sen 2014, 13:15
"Yuventus" rahbariyati hujumchi Karlos Teves bilan shartnomani uzaytirishni reja qilgan.
Turinliklar 30 yoshli futbolchi bilan kelishuvni 2018 yilgacha uzaytirmoqchi. Argentinalik futbolchi "Qari sinora" safida 2013 yildan beri to'p tepadi. Teves bu mavsumda besh o'yinda oltita gol urdi va bitta golga hammuallif bo'ldi.