"Yuventus" tayanch yarim himoyachi poziciyasi uchun ikki o'yinchini o'rganmoqda

Alisher
4 mar 2021, 13:32
Turinning "Yuventus" klubi rahbariyati tayanch yarim himoyachi poziciyasini kuchaytirishni xohlamoqda.

"Keksa sinora" bu borada ikki futbolchining variantini o'rganmoqda. Italiya chempionining bosh maqsadi "Chelsi" xavbeki Jorjino Frellodir. Agar bu transfer amalga oshmasa, Turin grandi "Sassuolo" yarim himoyachisi Manuel Lokatelliga e'tiborini qaratadi.

Qayd etish kerakki, Lokatellining xizmatlariga shuningdek "Real" va "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda.

"Yuventus" Italiya A Seriyasida 49 ochko to'plagan holda, jadvalda to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport