"Yuventus" Ronalduni tanishtiradigan sana ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2018, 21:46
"Yuventus" Krishtianu Ronalduni jamoa futbolchisi sifatida 21 iyul kuni rasman tanishtiradi.

Bu haqda "Sky Italia" nashri xabar bermoqda. O'sha kuni futbolchi yangi jamoasida tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Yaqindagina "Real" Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tayotganini rasman e'lon qilgandi. Uning transfer narxi 105 mln evroni tashkil qiladi.

33 yoshli portugaliyalik futbolchi 2009 yilda "Manchester Yunayted"dan "Real"ga o'tgandi. O'shanda "qirollik klubi" futbolchi uchun 93 mln evrodan voz kechgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Italia