"Yuventus" "Real"ning yana bir futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
5 mar 2019, 10:45
"Real" yarim himoyachisi Marko Asensio "Yuventus"ga o'tishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, o'z jamoasida asosiy tarkibdagi joyini yo'qotgan futbolchiga Turin klubi taklifi yoqib qolishi mumkin. Florentino Peres yozda jamoani qaytadan tuzmoqchi. Ispaniyalikning shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi, shu sababli uning transfer narxi juda baland.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" 2018 yilning yozida "Real" sobiq futbolchisi Krishtianu Ronalduni sotib olgan edi. Bundan tashqari, Turin klubi "qaymoqranglilar" himoyachisi Marseloni xarid qilishga qiziqayotgani e'lon qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport