

"Yuventus" klubi o'z himoyachisi Danilo bilan rasman yangi bitim imzoladi. 31 yoshli himoyachi va klub 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolashdi. Bitimda kelishuvni yana bir yilga uzaytirish borasidagi band ham bor.
Ma'lumot uchun, braziliyalik himoyachi ushbu mavsum "Yuve" safida 33 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.



