"Yuventus" PSJ himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
26 sen 2022
Futbolchi faoliyatini Turin klubida davom ettirishi mumkin.

PSJ himoyachisi Xuan Bernat "Yuventus" qiziqishlari doirasida, deya xabar berdi "Le 10 Sport". Futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgani bois klubini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.

Bernat turinliklar uchun yagona variant emas. Shuningdek, "byankoneri" Serxio Regilon ("Tottenxem") va Alexandro Grimaldo ("Benfika")ga ham qiziqmoqda.

Oldinroq "Yuventus" "Atletik" hujumchisini jalb qilish haqida o'ylayotgani aytilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Le 10 Sport