“Yuventus” Pirloning murabbiylar shtabini e'lon qildi

Eldor Akmurzayev
23 avg 2020, 19:30
Xabar turinliklarning rasmiy saytida keltirilgan.

Avval xabar qilinganidek, “Yuve”ning yangi ustozi Andrea Pirloning assistenti 1998-2007 yillar davomida klubda o'ynagan Igor Tudor bo'ladi.

Shuningdek, murabbiylar orasida Italiya termasida tajriba to'plagan Roberto Baronio va Antonio Galyardi bor. Baronio U-19 toifasidagi jamoalarda ishlagan bo'lsa, Galyardi milliy jamoada tahlilchi bo'lib faoliyat yuritgan.

Paolo Bertelli jismoniy tayyorgalikka javob beradi, Klaudio Filippi esa darvozabonlar bilan ish olib boradi.

“Yuventus” yangi mavsumga tayyorgarlikni 24 avgust, dushanba kuni boshlaydi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus.com