Yuventus himoyachisi Partis Evra A seriya doirasidagi Palermoga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi.
Fransiya terma jamoasi a'zosi mashg'ulot vaqtida jarohat oldi. Dushanba kuni futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi. Shundan so'ng uning jarohati qay darajada jiddiy ekani ma'lum bo'ladi.