"Yuventus" MYU futbolchisi uchun o'z vingerini berib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
22 iyun 2024, 12:01
"Yuventus" "Manchester Yunayted" fubolchisini o'z safiga qo'shib olish uchun Federiko Kezani berib yuborishga tayyor.

Turin klubi Meyson Grinvud bilan shartnoma imzolashga qiziqib qolgan, ammo u uchun inglizlar so'rayotgan 40-50 mln. evro to'lashga tayyor emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, transfer narxini pasaytirish uchun "keksa sinora" kelishuvga Kezani qo'shishi mumkin.

Shu bilan birga "Yuventus"da italiyalik vingerni berib, o'rniga Jeydon Sanchoni ijaraga olish varianti ham bor, biroq futbolchi maoshining bir qismini MYU to'lashda davom etishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Spor