"Yuventus" Moratani sotib olmaydi. Hujumchi "Atletiko"ga qaytadi

Administrator
17 iyun 2022, 00:56
Futbolchi Turin klubini tark etadi.

29 yoshli hujumchi Alvaro Morata "Yuventus"ni tark etadi. Bu haqida taniqli jurnalist va insayder Fabricio Romano ma'lum qildi. Italiya klubi futbolchini sotib olmaslikka qaror qildi. Endi Morata "Atletiko"ga qaytadi. "Yuventus" Moratani 35 mln evroga sotib olishi mumkin edi. Ammo klub futbolchi uchun 20 mln evro taklif qilishdi. Bu taklif esa "Atletiko Madrid"ni qanoatlantirmagan. Shu tariqa futbolchi Madrid klubiga qaytadi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano