"Yuventus" Marko Asensioni "Real"dan xarid qilishga tayyor

Alisher
28 mar 2022, 11:47
"Yuventus" "Real" yarim himoyachisi Marko Asensioni kuzatishda davom etmoqda.

Italiya klubi o'yinchiga yiliga 7 million evro miqdorida shartnoma taklif qildi.

Asensio yozgi transfer oynasida "Yuventus"dan ketadigan Paulo Dibalaning o'rnini egallashi mumkin.

Asensio joriy mavsum La Liga doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urishga erishdi. Uning "Real" bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central