"Yuventus" Markizio ketishi haqida e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
17 avg 2018, 13:27
"Yuventus" rasmiy sayti jamoa yarim himoyachisi Klaudio Markizio jamoani tark etishi haqida e'lon qildi.

32 yoshli futbolchi faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi ma'lum emas.

Markizio "Yuventus" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yarim himoyachi Turin jamoasi safida 7 marta Italiya chempioniga aylangan. So'nggi mavsum tajribali futbolchi A Seriyaning 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 1ta golli pas berdi.

Oldinroq, Markizioga "Monako" va "Nicca" qiziqish bildirgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Juventus.com