"Yuventus" Mandragorani 26 million evro evaziga xarid qilishi mumkin

Alisher
8 iyul 2020, 11:33
"Udineze" yarim himoyachisi Rolando Mandragora Turin klubiga qaytishi mumkin.

"Yuventus" 23 yoshli yarim himoyachini 26 million evro evaziga xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda.

Turin klubi avgust oyi so'nggiga qadar 2018 yilda "Udineze" tarkibiga o'tgan o'yinchini ortga qaytarish huquqiga ega.

Mandragora joriy mavsum "Udineze" tarkibida A Seriya doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport