“Yuventus” “Manchester Yunayted”dan Aleks Sandro uchun 50 million evrodan ko'p so'ramoqda

23 may 2018, 08:20
“Manchester Yunayted” “Yuventus” himoyachisi Aleks Sandroni sotib olish harakatida.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachi Eshli Yang harakatlaridan qoniqmoqda, biroq jamoaga yana bir tajribali himoyachi olib kelinishini xohlamoqda. Sandroning transfer qiymati esa 51 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvalroq MYU “Tottenxem” markaziy himoyachisi Tobi Alderveyreld bilan shartnoma imzolashi haqida ma'lum qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports