"Yuventus" Kelliniga o'rinbosar topdi

Alisher
20 apr 2022, 11:01
"Yuventus" Jorjo Kellining o'rnini egallashi mumkin bo'lgan "Monako" himoyachisi Benua Badyashilga qiziqmoqda.

21 yoshli francuzga shuningdek "Nyukasl", "Leyptsig" va boshqa klublar ham befarq emas.

"Yuve" o'yinchiga 37 yoshli Jorjo Kelliniga o'rinbosar sifatida qaramoqda.

Badyashilning "Monako" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport